04.10.2011 14:07

“Malakaviy bitiruv ishlarini yozish, rasmiylashirish va himoya qilish bo’yicha” (Saidov I.M., Sultonov E.M.)

Ushbu tomonidan kiritilgan:  Administrator
Resursga baho bering
(1 ta ovoz)

 

Ushbu uslubiy qo’llanmada oliy o’quv yurti bakalavriat talabalarini o’qitishning yaquniy bosqichi bo’lgan bitiruv malakaviy ishini bajarish, rasmiylashtirish va himoya qilish bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar berilgan. Qo’llanma asosan tarix yo’nalishida bitiruv malakaviy ishini bajarayotgan talabalar hamda ularga rahbarlik qilayotgan professor-o’qituvchi va mutaxassislar uchun mo’ljallangan bo’lib, undan boshqa yo’nalishdagi bitiruvchilar ham foydalanishlari mumkin.

Shuning uchun ham oliy ta’limning bakalavriat bosqichida o’quv rejalariga bitiruv malakaviy ishi (bundan keyingi matnlarda bitiruv ishi) ni bajarish, o’quv jarayonlariga esa ilmiy ijod (tadqiqot) elementlari kiritilgan. Talabalar darsdan bo’sh vaqtlarida kafedralarda olib borilayotgan ilmiy- tadqiqot ishlarida va ilmiy to’garaklarda ishtirok etadilar.  Talaba olgan ilmiy- ijodiy ko’nikmalari, u bakalavriatni tugatgandan keyin oliy ta’limning keyingi bosqichlarida o’kishni davom ettirmasa ham, o’zi ishlayotgan sohada tezda ijodiy xodim bo’lib yetishishiga yordam beradi.

Bitiruv ishi talabalar hayotidagi  birinchi jiddiy akademik ishdir. Shuning uchun ham talabalar bitiruv ishini bajarish va rasmiylashtirishda uslubiy yordamga muhtojlik sezadilar. Bu borada uslubiy adabiyotlar yetarli emasligini nazarda tutib, ushbu uslubiy qo’llanma tayyorlandi.

Qo’llanmada bitiruv ishini bajarish, yozish va himoya qilish bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar berilgan.

Administrator

Administrator

Matlabov Sodiq Norqulovich

Yuqoriga qaytish