moldova
04.10.2011 13:50

Kompyuter lingvistikasi (B.Yo’ldoshev)

Ushbu tomonidan kiritilgan:  Administrator
Resursga baho bering
(0 ta ovoz)

 

 

Ma'lumki, “Matematik va tabiiy-ilmiy fanlar” bloki tarkibiga kiruvchi “Kompyuter lingvistikasi” fani 5220100 – filologiya (o’zbek filologiyasi) ta’lim yo’nalishi bo’yicha o’quv dasturlaridan 2003-yilda dastlab “Marematik va kompyuter lingvistikasi” nomi bilan, 2007-yildan esa “Kompyuter lingvistikasi” (KL) nomi bilan joy olib kelmoqda, bu fan bo’yicha ilk o’quv dasturi prof. A.Po’latov va katta o’qituvchi Sh.R.To’rayev tomonidan tuzildi. Keyinchalik bu dastur 2006-yilda prof. A.Po’latov tomonidan mukammallashtirildi. Biz mazkur fanni o’qitish tajribasidan kelib chiqib va qo’lingizdagi uslubiy qo’llanmani tayorlash jarayonida bu o’quv dasturiga ayrim juz’iy o’zgarishlar kiritishni lozim topdik.

Bu fanning asosiy maqsadi o’zbek, rus, tojik, nemis, ingliz singari tabiiy tillarning matematik modellarini yaratish, lingvistik muammolarni hal qiluvchi turli xil kompyuter dasturlarini ishlab chiqishdir. Talabalar ushbu fan bo’yicha aksiomatik nazariyalar, lingvistikaning formal nazariyasi, kompyuterda lingvistik masalalarni yechish, kompyuter lug’ati dasturi, kompyuterda tarjima algoritmi haqida tasavvurga ega bo’lishdan iborat.

 
 
 
Administrator

Administrator

Matlabov Sodiq Norqulovich

Login to post comments
Banner
Banner