moldova
04.10.2011 14:00

Turkistonda milliy ozodlik harakatini tarixshunoslikda yoritilishi (G'afforov Sh.S.)

Ushbu tomonidan kiritilgan:  Administrator
Resursga baho bering
(0 ta ovoz)

Tadqiqotda davriy matbuot materiallariga va ayniqsa, milliy matbuotga, arxiv hujjatlariga, tarixiy, ilmiy, ommabop va badiiy adabiyotlarga, memuarlar, xotiralarga keng e’tibor qaratish bilan birga ilk bor xorijiy adabiyotlar ham jalb etilgan. Asosan ingliz, nemis, turk tillarida chop etilgan adabiyotlarning ko’pchiligi ilmiy iste’molga ilk bor kiritilgan. Bundan tashqari, mustaqillik davrida mazkur mavzuda uyushtirilgan davra suhbatlari materiallari, chop etilgan ilmiy maqolalar, dissertasiyalardan ham keng foydalanilgan.

Nafaqat tarixchi olimlar, o’qituvchilar, balki O’zbekiston tarixiga qiziquvchilar, oliy o’quv yurtlari tarix fakulteti talabalari uchun ham mo’ljallangan ushbu asar 1916 yil qo’zg’oloni va 1918-1924 yillardagi milliy ozodlik uchun kurash tarixini tiklash yo’lidagi keskin g’oyaviy, siyosiy kurashlardan ogoh etadi. Mustaqillik uchun kurash yo’llari kabi bu kurashlar tarixini haqqoniy yoritish ham nihoyatda og’ir kechganini ko’rsatib berada, haqiqat vaqtincha egilsa-da, sinmasligi, hyech qachon izsiz yo’qolmasligi va alal-oqibat g’alaba qilishini yana bir karra namoyon etadi. Turkiston milliy ozodlik harakati tarixshunosligi hali ko’p izlanishlarni taqozo etadi. Bu boradagi dastlabki urinish bo’lgan mazkur tadqiqot tarixiy haqiqatni tiklashga baholi qudrat hissa bo’lib qo’shiladi, deb umid qilamiz.

Oxirgi o'zgartirish: 04.10.2011 14:04
Administrator

Administrator

Matlabov Sodiq Norqulovich

Login to post comments
Banner
Banner