moldova
Maxsus mavzu

Maxsus mavzu (10)

21.11.2011 09:23

Qo’tirbuloq makoni. (Ergashev O.T.)

Ushbu tomonidan kiritilgan: Administrator

 

Qo’tirbuloq Charxin qishlog’iga yaqin joyda, qadimgi chashma atrofida joylashgan bo’lib, u 1971-1972 yillarda o’rganilgan (Tashkenboyev N.X., 1973. vыp. 10). Makon 5 madaniy qatlamdan iborat. Aslida bu qarorgoh O’zFA arxeologiya institutining Yu.F.Buryakov rahbarligidagi o’rta Zarafshon ekspedisiyasi tomonidan 1971 yilda kashf qilingan bo’lib, keyinchalik uni N.X.Toshkenboyev o’rganishga kirishdi.

19.11.2011 17:03

Omonqo’ton g’or makoni. (Djo’raqulov M.D.)

Ushbu tomonidan kiritilgan: Administrator

 

Samarqand va uning bilan bog’liq muzofot urbonik davrgacha bo’lgan ko’hna tarix haqida ma’lumot beruvchi va yuqorida zikr etilgan arxeologik topilmalar ibtidoiy davr madaniyat izlaridan guvohlik beruvchi dastlabki ma’lumotlar hisoblansa-da, kelajakda bu atrofda keng ko’lamda rejali tadqiqot ishlarini yo’lga qo’yishni taqozo qilardi.

10.11.2011 10:44

Sazag’on madaniyati. (Xolmatov N.O’.)

Ushbu tomonidan kiritilgan: Administrator

So’nggi yillarda olib borilgan tadqiqotlar, Samarqand diyorida ibtidoiy davr madaniyat tarixi uzluksiz rivojlanishda bo’lganligini ko’rsatdi. Masalan, bu muzofotda yashagan so’nggi paleolit jamoalarining merosxo’rlari yashagan mezo-neolit davriga doir qator yodgorliklar topildi va o’rganildi.

 

Har bir qarish yeri mukaddas bo’lgan ona Uzbekistonimiz tuprog’ida joylashgan va butun jaxon axliga uzini tanitgan. yoshi asrlar, ming yillarga teng keladigan mashxur shaxer va meskanlar, bebaxo moddiy va ma’naviy meros yodgorliklari bilan xalkimiz, barchemiz xakli ravishda faxrlenamiz (I. Karimov).

17.10.2011 17:52

Samarqand makoni. (Yarkulov A., Ergashev O.)

Ushbu tomonidan kiritilgan: Administrator

Samarqand makoni Markaziy Osiyodagi etalon yodgorliklardan sanaladi. Makon, 1939 yshщan fanda ma’lum bulsa-da, ammo u asosan 1958-1973 yillarda avval D.N.Lev va sungra uning shogirdlari tomonidan xar tomonlama puxta urganilgan. Makon Samarqand shaxrining «Dinamo» uyingoxi yaqinida, xozirgi kashshoflar saroyi tevaragida joylashgan edi.

16.10.2011 13:47

Chakka qabristoni. (Yarkulov A.O., Ergashev O.T.)

Ushbu tomonidan kiritilgan: Administrator

Ushbu qabriston 1975 yilda Samarqanddan 9 km g’arbda, Zarafshon daryosining chap qirg’ogida Chakka qishlog’ida X.Doniyorovning hovlisidan topilgan. U 1975 va 1977 yillarda arxeolog Ya.K.Krikis tomonidan o’rganilgan. X.Doniyorov hovlisidagi baland-pastliklarni buldozer yordamida tekislash paytida usti ochilib qolgan qadimgi mozorga duch keladi. Bu haqda Samarqand o’lkashunoslik muzeyiga xabar qiladi.

Banner
Banner